Yangi gidroenergetik quvvatlar – hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili

Prezidentimiz Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz tumani Yangiobod mahallasidagi “Termez National Carpets” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, shu yerda yangi 6 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirdi.
Mazkur ishga tushirilgan korxonalar orasida yirik quvvatda ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi “Toʻpalang” GESi ham bor.
“Toʻpalang” gidro elektr stansiyasini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida uning umumiy quvvati 175 megavattga yetkazildi. Bu yiliga 467 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish imkonini beradi.
Zamonaviy Oʻzbekistonda elektr energiyasi tarmogʻi jadal rivojlanmoqda. Bu borada Surxondaryo viloyatida mavjud gidroenergetik salohiyatdan samarali foydalanish, yangi quvvatlarni ishga tushirish yoʻnalishida Jamiyat tomonidan bosqichma-bosqich amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2023-2030-yillarda Surxondaryo viloyatida 81 ta loyiha asosida 601,4 MVt, yillik 2 038,2 mln kVt.s teng yangi quvvatlarning ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, joriy 2023-yilda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan birgina Surxondaryo viloyatida 6 ta loyiha asosida 184,1 MVt quvvat ishga tushiriladi. Shuningdek, istiqbolli loyihalar asosida keyingi yillarda Toʻpolang daryosining yuqori qismida jami 20 ta loyihalar asosida umumiy quvvati 264 MVt boʻlgan Yuqori Toʻpolang GESlari quriladi.
Ushbu jarayonda esa Jamiyat tomonidan xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan mikro GESlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida jami 55 ta loyiha asosida jami quvvati 25,8 MVt boʻlgan loyihalar ishga tushiriladi. Shundan 2023-yilda 8 ta loyiha asosida jami quvvati 10,1 MVt boʻlgan yangi loyihalar ishga tushirilib, aholiga toza elektr elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu borada, Jamiyat tomonidan quvvati 9,1 MVt boʻlgan 5 ta loyiha ishga tushirilishi, xususiy sektor tomonidan yangi 3ta loyiha – quvvati 1 MVt boʻlgan mikro GESlar ishga tushiriladi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 582 mln m3 tabiiy gazni iqtisod qilinishiga erishiladi. Shuningdek, 1560 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, 850 000 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring