Yana is gazi... Toshkent viloyatida bir oilaning 3 aʼzosi “koʻrinmas dushman” qurboniga aylandi

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida bir oilaning uch nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, kecha, 19-dekabr kuni Boʻstonliq tumani “Fazogir” MFYda yashovchi N.X. ismli fuqaro tuman IIBga murojaat qilib, opasi, pochchasi va ularning oʻgʻli yashash xonadonida vafot etgani maʼlum qilgan.
Aniqlanishicha, 43 yoshli erkak, 35 yoshli ayol va 8 yoshli bolaning oʻlimiga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring