Yana ikki nafar bokschimiz Parij Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi

07:17 12 Mart 2024 Sport
510 0

Arxiv foto

Shu yilning 3-11-mart kunlari Italiyaning Busto-Arsitsio shahrida “Parij-2024” yozgi Olimpiadasiga uchun yoʻllanma beruvchi 1-jahon kvalifikatsion turniri boʻlib oʻtdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Turnirning soʻnggi kuni hamyurtlarimizdan Toʻrabek Habibullayev (-80 kg) Olimpiada yoʻllanmasi uchun belashuvda kolumbiyalik Xuan Ortizni ishonchli tarzda magʻlub etdi — 5:0.

-71 kg vazn toifasida ringga koʻtarilgan bokschimiz Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev esa iordaniyalik Ziyad Ishayishdan ustun kelib, har toʻrt yillikning nufuzli musobaqasiga ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Bungacha ushbu turnirda Sabina Boboqulova (-50 kg), Ruslan Abdullayev (-63,5 kg) va Lazizbek Mullojonov (-92 kg) Olimpiada yoʻllanmalariga ega chiqqandi.

Ayni paytga kelib, boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi toʻliq tarkibda (7 ta vazn) “Parij-2024” yoʻllanmalarini qoʻlga kiritib boʻldi. Xotin-qizlar jamoasida esa yana 4 ta vaznda yoʻllanma qoʻlga kiritilmagan. Bu jamoamiz Tailandda boʻlib oʻtadigan litsenzion turnirda ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер