Yaman husiylari Isroil poytaxtidagi aeroportga zarba berdi
Yaman husiylari oʻzlari tomonidan “muhim texnologik yutuq” deya taʼriflanadigan “Falastin-2” gipertovushli ballistik raketa bilan Isroil poytaxtidagi Ben-Gurion aeroportiga zarba berdi. Bu haqda “Ansar Alloh” idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, zarba nishonga tekkan va aeroportdagi harakatning toʻxtatilishiga olib kelgan.
Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) tunda Yaman tomonidan uchirilgan raketalar muvaffaqiyatli tutib qolinganini maʼlum qilgandi. Oʻlik dengiz atrofi va Oʻrdun daryosining Gʻarbiy sohilidagi ayrim hududlarda sirenalar yangragan.
Maʼlumot uchun, “Falastin-2” raketasi 2024-yilda Gʻazoni qoʻllab-quvvatlash operatsiyasi uchun yaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring