Yaman husiylari AQSHni ogohlantirdi
Arxiv foto
Yaman husiylari Isroil tomon raketa uchirdi, biroq u Iordaniyaning Gʻarbiy qirgʻogʻida qulab tushgan. Isroil mudofaa kuchlarini maʼlum qilishicha, raketa Xevron hududiga tushgan va ularni tutib qoladigan vositalar ishlatilmagan.
Shuningdek, Yaman husiylari Qizil dengizda AQSH kemalariga hujum qilish niyatida. “Ansor Alloh” idorasi aʼzosi Muhammad Al-Buxeyti “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, Eronning yadroviy obyektlariga hujumlardan soʻng, harakat AQSH bilan hujum qilmaslik toʻgʻrisida erishilgan kelishuvlar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, deb hisoblaydi.
“Biz javob beramiz. Birinchi bosqichda biz Qizil dengizdagi AQSH kuchlarini oʻqqa tutamiz. Biz bu tajovuz toʻxtamaguncha mojaroni kuchaytiramiz va kengaytiramiz”, — degan husiylar vakili.
Shuningdek, tashkilot agar AQSH Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga aralashsa, mintaqadagi AQSH manfaatlariga zarba berishi haqida ogohlantirdi. Husiylar avvalroq Islom Inqilobi Qoʻriqchilar Korpusi (IIQK) kuchlari bilan oʻz harakatlarini muvofiqlashtirish va Isroilga gipertovushli raketalar bilan zarba berish haqida xabar berishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring