“Yalla” ansamblining ijodiy jamoasini mukofotlash toʻgʻrisida

19:51 01 Iyul 2023 Hujjatlar
2152 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Oʻzining yorqin isteʼdodi, yuksak professional mahorati, koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati bilan oʻzbek estrada sanʼatini rivojlantirish, uning shon-shuhratini xalqaro miqyosda keng targʻib etish, xalqlar oʻrtasida madaniy aloqalar, oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qoʻshgan katta  hissasi, navqiron iqtidor egalarining qobiliyatini roʻyobga chiqarish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari hamda “Yalla” ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan quyidagilar mukofotlansin:  

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

Zakirov Farrux Karimovich - “Yalla” ansambli badiiy rahbari

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

Aliyev Abbos Saidovich - “Yalla” ansambli sozandasi

Toxtayev Javlon Ramzitdinovich - “Yalla” ansambli sozandasi

Xalikov Igor Yakubovich - “Yalla” ansambli direktori

Xalikov Timur Pulatovich - “Yalla” ansambli sozandasi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                                                     Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?