Yakkabogʻlik ayolga opasi, nishonlik erkakka akasi buyragini berdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida 2 nafar bemorda buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Xususan, yakkabogʻlik 34 yoshli bemor ayolga opasining buyragi koʻchirib oʻtkazilgan boʻlsa, nishonlik 33 yoshli erkakka akasi donorlik qildi.
Murakkab jarrohlik amaliyoti Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda viloyatdagi malakali jarrohlar ishtirokida oʻtkazildi.
— Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyati boʻyicha 450 dan ortiq bemorlar gemodializ muolajalarini oladi, — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali direktori Ravshan Toʻlakov. — Shundan 100 dan ortiq bemor hozirgi kunda buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj. Shu bois xodimlarimiz bilan bu ishni kelgusida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida muntazam amalga oshirish boʻyicha ish olib borayapmiz.
Eʼtiborli jihati, ilgari juda qimmat narxda faqat xorijda oʻtkazib kelingan bunday jarrohlik amaliyoti endilikda Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida ham yuqori aniqlikda oʻtkazilmoqda. Shu kunga qadar viloyatda 5 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi va endilikda bu amaliyot doimiy ravishda oʻtkazib borilishi koʻzda tutilmoqda.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring