“YAIT biznes-inkubator” oʻquv-amaliy dasturining dars jarayonlariga start berildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yashnobod innovatsion texnoparki tomonidan tashkil etilgan “YAIT biznes-inkubator” oʻquv-amaliy dasturining dars jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.
Unda shu kunga qadar Barno Ortiqxoʻjayevadan “Lean start-up va customer” metodikalari oʻrganildi. Shuningdek Muzaffar Yusupov jamoa aʼzolarining jamoadagi oʻrni, motivatsiyasi, vazifalari, biznes model shablonlari haqida taqdimot qildi.
Shu bilan birga, bozor mutaxassislari bilan uchrashuvlar, elektron platformalardan foydalanish, gipotezalarni tekshirish hamda tasdiqlash, muammoga ahamiyat qaratish kabi mavzular ham ishtirokchilarda qiziqish uygʻotdi.
Dars jarayonlari onlayn va oflayn tarzda amalga oshirilib, qoʻshimcha topshiriqlar asosida mavzular mustahkamlanib borilmoqda. Umumiy 50 ta jamoa vakillari ishtirok etib, bilim va koʻnikmalarni egallab, aʼzolar oʻz biznes loyihalari ustida izlanish olib bormoqdalar.
Bundan tashqari, trenerlar oʻzlariga biriktirilgan jamoalar bilan intensiv ishlashni boshladilar.
Uch oy davom etadigan dastur qatnashchilari oʻz ilmiy gʻoyalarini startapga aylantirish va hayotga tatbiq qilish, investorlar bilan ishlash boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oladi.
Dastur marketing boshqaruvi, moliyaviy boshqaruv, biznes operatsiyalar, raqamlashtirish va electron platformalardan samarali foydalanish, huquqiy savodxonlik va soliqchilikka oid mavzularni oʻz ichiga oladi.
Dastur soʻnggida “Demo-kun” tadbiri oʻtkaziladi. Unda ishtirokchilar oʻz loyihalari hamda biznes rejalarini investorlarga taqdim qiladilar.
Dars jarayonlari onlayn va oflayn tarzda amalga oshirilib, qoʻshimcha topshiriqlar asosida mavzular mustahkamlanib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring