Yadroviy obyektlarda chiqindilar bilan ishlash talablari belgilandi
Illyustrativ foto
Adliya vazirligi kecha, 28-oktyabr kuni “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning xavfsizlik talablari”ni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.
Mazkur hujjat atom elektr stansiyalari, kichik modulli yadro reaktorlar, tadqiqot yadro reaktorlar hamda boshqa yadroviy qurilmalardan foydalanish va ularni foydalanishdan chiqarish jarayonida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishda xavfsizlikni taʼminlashga oid talablarni belgilaydi.
Unga koʻra, radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishda quyidagi xavfsizlik talablariga rioya qilinishi lozim, jumladan:
• xodimlarning nurlanish dozalari ustidan doimiy individual nazoratni amalga oshirish;
• radioaktiv chiqindilarni ularning faollik darajasiga koʻra tasniflash;
• radioaktiv chiqindilardan radiatsiya tarqalishining oldini olish maqsadida muhofaza va muhandislik toʻsiqlarini qoʻllash;
• xodimlarni shaxsiy himoya vositalari hamda dozimetrik nazorat vositalari bilan taʼminlash.
Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishda radiatsiyaviy nazorat shakli obyekt loyihasida belgilanishi va obyektning ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilishi lozim.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar ekspluatatsiya hujjatlarini, jumladan radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomalar va qoʻllanmalarni ishlab chiqishni taʼminlashi kerak.
Atom energiyasidan foydalanish jarayonida radioaktiv chiqindilar hosil boʻlishining normalari, shu jumladan radioaktiv chiqindilar hosil boʻlishining yillik rejalashtirilgan miqdorlari (hajmlari) hisobotda koʻrsatilishi shart.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring