Xorazmda fuqaroni xorijga yuborayotgan ayollar aeroportda ushlandi

11:53 23 Noyabr 2022 Jamiyat
402 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar boʻlimi tomonidan Xorazm viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.A. va M.S. fuqaro Z.N.ni 500 AQSH dollari evaziga Turkiya davlatiga foxishalik bilan shugʻullanishga yuborishga kelishib, “B.A.” islmi shaxs orqali aviachipta olib berishib, aviachipta pullarini ishlab pul topgandan keyin hisob-kitob qilish sharti bilan uni Urganch xalqaro aeroportidan Turkiya davlatiga yuborayotganlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?