“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi
Illyustrativ foto
“Xiaomi” kompaniyasining “SU7 Ultra” mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda “CarNewsChina” nashri xabar qildi.
Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.
7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. “Xiaomi” uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishini yaxshilash uchun ekanini taʼkidlagan.
Xaridorlarga kompensatsiya sifatida kapotni alyuminiyga almashtirish va hozirgi egalarga 20 ming bonus balldan (275 dollar) berish taklif etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring