“Women in Tech” Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshladi

20:08 03 Mart 2024 Jamiyat
726 0

“Women in Tech” notijorat tashkiloti Markaziy Osiyo davlatlari ichida, birinchilardan boʻlib Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshladi.

Tashkilot xotin-qizlarning fan va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishishlarida qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Uning bosh ofisi Parijda joylashgan boʻlib, 48ta mamlakatda filiallari mavjud.

Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda 2-mart kuni Toshkent shahrida “Women in Tech” tashkiloti faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Oʻtkazilgan rasmiy ochilish marosimida Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, IT Park Uzbekistan, shuningdek, Respublikaning yirik IT-kompaniyalari vakillari hamda IT sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishdi.

Maʼlumki, turli sohalarda gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlar imkoniyatini kengaytirish bugun Oʻzbekistonda ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Bu borada qabul qilingan qarorlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning rolini oshirishni koʻzda tutadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер