Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortish yoshini 13 yoshdan 14 yoshga koʻtarish nazarda tutilmoqda — Qonun loyihasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi bilan Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilyapti. Yaʼni jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga nisbatan insonparvarlikni kuchaytirish maqsadida ularni jinoiy javobgarlikka tortish yoshini oʻn uch yoshdan oʻn toʻrt yoshga koʻtarish, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar, xususan, Jinoyat kodeksining 128 va 129-moddalari sanksiyalarini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, loyihaga voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni soʻroq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida toʻrt soatdan oshmasligini belgilash, voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda voyaga yetmagan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga koʻra psixolog ishtirok etishini taʼminlashga qaratilgan normalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring