Voleybol: vatandoshlarimiz Bangladeshda uchinchi oʻrinni egallashdi

09:53 31 Dekabr 2022 Sport
1098 0

Bangladeshda sohil voleyboli boʻyicha xalqaro musobaqa yakuniga yetdi. 4 mamlakatdan 6 jamoa qatnashgan musobaqada hamyurtlarimiz 2 ta tarkib bilan ishtirok etishgani haqida maʼlum qilgan edik.

Ahamiyatlisi, yarim finalda imkoniyatni boy bergan sportchilarimiz bronza medali uchun oʻzaro bahs olib borishdi.

Qiziqarli oʻyin Sultonboyeva / Qoʻchqorovadan iborat birinchi jamoaning gʻalabasi bilan tugadi. Oltin medalni shri-lankalik qizlar qoʻlga kiritishgan boʻlsa, ularga finalda yutqazgan Nepal kumush medal bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?