Vladimir Norov MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev bilan uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 12-iyul kuni Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
V.Norov Hamdoʻstlik xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish uchun zarur platforma boʻlgani va boʻlib qolayotganini taʼkidladi.
Tomonlarning Hamdoʻstlik doirasida oʻzaro manfaatli sohalarda faol hamkorlik qilishga tayyorligi tasdiqlandi.
Boʻlajak tadbirlarning turli jihatlari, jumladan, MDH tashqi ishlar vazirligining navbatdagi majlisini Oʻzbekistonda oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
MDH ijroiya qoʻmitasi raisiga Oʻzbekistonda Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning muhokamasi, ushbu islohotlarning ustuvor yoʻnalishi inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmati, ajralmas huquq va manfaatlari ekanlgi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring