Virjiniyada Kamala Harrisga oʻlim bilan tahdid qilishdi. Ayblanuvchi musulmonlarga qarshi zoʻravonlikka chaqiriqlari bilan ham tanilgan
AQSHdagi boʻlajak prezidentlik saylovlarida oʻz nomzodi bilan qatnashadigan demokrat Kamala Harrisga Virjiniyada oʻlim bilan tahdid qilishdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Virjiniyada yashovchi Frank Lusio Karillo vitse-prezident Kamala Xarrisga nisbatan tahdid va poʻpisa qilganlikda ayblanmoqda. Karillo hozirda hibsga olingan va federal sudda koʻrsatma berishi kutilmoqda. Maʼlum boʻlishicha, u “Gettr” ijtimoiy media platformasida Harris va boshqa davlat amaldorlariga qarshi koʻplab tahdidlarni eʼlon qilib kelgan.
Sud maʼlumotlariga koʻra, Karillo turli amaldorlarga, jumladan, prezident Jo Bayden va FQB direktori Kristofer Reyga qarshi 4359 ta tahdidni eʼlon qilgan. Karillo oʻz postlarida tasviriy va zo`rovonlikni aks ettiruvchi soʻzlardan foydalangan, ayniqsa, Harrisning koʻzlarini oʻyib olishi bilan tahdid qilgan.
Karilloning tahdidlari faqatgina siyosiy liderlargagina emas, balki islom dinidagi insonlarga ham qaratilgan boʻlib, u oʻzining islomofobik sharhlari va musulmonlarga qarshi zoʻravonlikka chaqiriqlari bilan ham tanilgan.
FQB agentlari Karilloning uyiga tintuv oʻtkazish uchun kelganlarida, u postlarni qoʻyganini tan oldi va advokatga muhtojligini bildirdi. Federal agentlar, shuningdek, uning uyidan ikkita oʻqotar qurol, 2023-yilda sotib olingan toʻpponcha va bu yil sotib olingan miltiqni topib, musodara qilgan.
Avvalroq, Sergey Shoyguga aloqador ikki harbiy mulozim firibgarlikda ayblanib hibsga olingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring