Videoselektorda xodimasi bilan ishqiy munosabatda boʻlgan amaldor ishdan olindi

11:31 25 Iyul 2025 Jamiyat
356 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining mansabdori “Zoom” platformasida oʻtkazilgan majlisda kamerasini yoniq qoldirgan holda ayolni quchoqlab olgani aks etgan tasvirlar tarqalib, turli munosabatlarga sabab boʻldi. Ushbu holat yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Ammo munosabatda xodimlarning aynan qaysi hududda ish faoliyatini olib borishi maʼlum qilinmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, ushbu mansabdor Kattaqoʻrgʻon tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

“Vazirlik oʻz tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qiladi”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Senat yalpi majlisida majlis ishtirokchisining uxlab qolganligi toʻgʻrisidagi rasm va videolar yuzasidan izoh berilganini xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер