Senat majlisida uxlab qolganligi aytilgan ishtirokchi boʻyicha rasmiy munosabat bildirildi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Senat yalpi majlisida majlis ishtirokchisining uxlab qolganligi haqidagi rasm va videolar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi izoh berdi.
Unda aytilishicha, Senat yalpi majlisida uxlab qolganligi aytilayotgan ishtirokchi sogʻligi yomonlashib qolganligi sababli efir vaqtida chiqmay turgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi vaqtida Surxondaryo viloyati studiyasida senator Dilbar Suvonova soʻzga chiqqan vaqtida orqa oʻrindiqda oʻtirgan ishtirokchining sogʻligʻi yomonlashib qolgan. Jonli efir vaqtida boshqalarning eʼtiborini tortmaslik uchun tashqariga chiqmay turgan.
“Ishtirokchi bu vaziyatda holatidan kelib chiqib koʻrinmaslikka harakat qilganligini taʼkidladi”, — deyiladi munosabatda.
Maʼlum qilinishicha, ushbu ishtirokchiga hozirda tibbiy muolaja koʻrsatilgan, holati barqaror va nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring