Vyetnam investitsiyasi ishtirokida zamonaviy korxonalar tashkil etiladi
Prezidentimizning oʻtgan yil 11-12-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida Qoʻqon shahrida maxsus sanoat zonasi – “Qoʻqon texnoparki”ni tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi. Hozirda texnoparkka 230 gektar yer ajratilib, dastlabki bosqichda 1,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish va kamida 5 mingta yangi ish oʻrni yaratish boʻyicha saʼy-harakatlarga kirishildi.

Oʻtgan hafta Fargʻona viloyati hokimligi delegatsiyasi Vyetnamda boʻlib, tadbirkorlik, investitsiya, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlarda bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi. Xususan, “Sopoka” elektr jihozlari ishlab chiqarish kompaniyasi rahbari bilan muloqot oʻtkazildi.

Qoʻqon shahar hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, jahon bozorida 1,5 ming xil turdan ortiq mahsulotlari bilan tanilgan ushbu kompaniya mutasaddilari “Qoʻqon texnoparki”da ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish istagini bildirdi. Shu maqsadda joriy yilning aprel oyida korxona rahbarining Qoʻqon shahriga kelishi kutiladi.

Viloyat delegatsiyasi aʼzolari Vyetnam poytaxti Xanoyda joylashgan “Bao minh” qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyada ham boʻlib, loviya, guruch kabi mahsulotlardan turli pishiriqlar tayyorlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Muloqotlar yakunida mazkur kompaniya rahbariyati ham “Qoʻqon texnoparki”da oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha bildirilgan amaliy taklifni maʼqulladi.
Botir MADIYOROV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring