Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi bu yil Samarqandda oʻtkaziladi

13:49 01 Noyabr 2023 Madaniyat
442 0

Oʻtgan yil Boku mezbonlik qilgan Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi bu yil Samarqandda oʻtkaziladi.

2-3-noyabr kunlari “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Italiyaning XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtadi. Forum “Yevroosiyoni anglaymiz” notijorat uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan oʻtkaziladi.

Madaniy dastur doirasida Italyan kinosi festivali, italiyalik ijrochilar “San-Remo yulduzlari” konserti oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, birodar tarixiy shaharlar – Florensiya va Samarqandning keramika koʻrgazmasi tashkil qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?