“VEON” kompaniyalari guruhi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2020-yil 5-mart kuni Senatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning “VEON” kompaniyalari guruhining bosh ijro etuvchi direktori Kaan Terzioʻgʻlu bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda “VEON” kompaniyalari guruhi maslahatchisi Boris Tadich ham ishtirok etdi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyasi tarmogʻida qonun hujjatlarining qoʻllanish holati va amaliyoti, mamlakatning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini erkinlashtirish xususida fikr almashildi.
2020-yil Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilinishi bilan Oʻzbekistonda erkin tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va buning uchun zarur huquqiy asoslar yaratishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor berilayotganligi taʼkidlandi.
“VEON” kompaniyalari guruhi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni qoʻllab-quvvatlab, 2020-yilgi “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida raqamli iqtisodiyotning va elektron hukumatning tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirishga, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga, Internet tarmogʻidan keng polosali foydalanishni kengaytirishga, mobil aloqa tarmogʻini va boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish hamda modernizatsiyalashga qaratilgan investitsiya loyihalarida oʻz ishtirokini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring