Velosportchilarimiz Turkiyadagi xalqaro musobaqada oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi
Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi
Turkiyadan yana bir xushxabar. Velosportchilarmiz “Grand Prix Mediterranien” musobaqasida ishtirok etib, oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Turkiya yigʻini doirasida navbatdagi musobaqa ayollar oʻrtasida tashkil etildi. Unda hamyurtimiz Yanina Kuskova start olgan 76 sportchilar orasida marra chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtdi. Ushbu gʻalaba sportchimizga Xalqaro velosportchilar ittifoqidagi (UCI) reyting uchun 40 ochko taqdim qiladi. Shuningdek, yana bir yosh umidli vakilimiz Anna Kulikova shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi. Kulikova esa reytingdagi ochkolari sonini 25 taga koʻpaytirib olmoqda.
Hamyurtlarimizning yuqori natijasi bu bilan yakunlanmadi. Kuchli beshlikdan joy olgan Yaninaning singlisi Anna Kuskova reyting uchun yana 5 ochko jamgʻarib qoʻydi. Shu tariqa, terma jamoamizning UCI reytingidagi ochkolari 70 taga yetdi.
Terma jamoamizning Turkiyadagi yigʻini 22-martga qadar davom etadi. Bunday yuqori tayyorgarlikdan soʻng jamoamizni Tojikistonda oʻtadigan shossedagi Osiyo chempionati kutib turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring