Vazirlar Mahkamasi majlisida bir qator mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi

18:32 30 Oktyabr 2021 Jamiyat
3371 0

Vazirlar Mahkamasi Prezidiumining navbatdagi majlisida tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha Bosh vazir qabulxonalari faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va hokimliklar rahbarlarining Bosh vazir apparatlari orqali yuborilayotgan murojaatlarning oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlash borasidagi faoliyati yakunlari koʻrib chiqildi.

Yigʻilishda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirish, yirik ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni taʼminlashda masʼul shaxslar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ular orasida energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Azim Ahmedxadjayev, sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Amrillo Inoyatov, Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Doniyor Madirimov, Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Iqboljon Ergashev, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Sharof Rahmonovlar bor.

Yigʻilish yakunlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari mablagʻlarini samarali rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?