“Vatanparvar” tashkiloti sportchisi Muhammad Kamolov Jahon kubogida sovrindor boʻldi
Foto: “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati
Shu kunlarda Germaniyaning Zul shahrida sportning oʻq otish turi sporti boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogi musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Unda dunyoning 50 davlatidan besh yuzdan ortiq iqtidorli sportchilar bahs yuritmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati xabariga koʻra, musobaqada ishtirok etayotgan tashkilotning Namangan viloyati Kengashining pnevmatik quroldan oʻq otish seksiyasi aʼzosi 18 yoshli Muhammad Kamolov 10 metr masofaga toʻpponchadan oʻq otish bellashuvida munosib ishtirok etib, 70 nafar ishtirokchi orasida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. U murosasiz bellashuvlarda hindistonlik Shiva Narval va Sarabjot Singxdan biroz imkoniyatni berdi. Terma jamoamizning yana bir vakili Veniamin Nikitin ham bellashuvda faol ishtirok etib, sakkizinchi oʻrinni egalladi.
Eʼtiborli jihati, bu yosh merganlarimizning Jahon kubogi bosqichlarida qoʻlga kiritgan ilk medali hisoblanadi. Bungacha vakillarimiz 1999, 2008-yillarda oʻtkazilgan kattalar oʻrtasidagi Jahon kubogi bahslarida sovrindorlar safidan joy olgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Muhammad Kamolov oʻtgan 2021-yilda Rossiyaning Qozon shahrida boʻlib oʻtgan birinchi MDH davlatlari oʻyinlarining pnevmatik miltiqdan oʻq otish musobaqasida oltin hamda Qozogʻistonning Chimkent shahri mezbonlik qilgan XXIV Osiyo chempionatida kumush va bronza medallariga sazovor boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring