“Vatanparvar” tashkiloti sportchilari dunyoni lol qoldirishda davom etmoqda

22:33 19 Iyul 2022 Sport
892 0

Foto: “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Joriy yilning 12-17-iyul kunlari Qozogʻistonning Olma-Ota shahridagi Bayserke oʻquv-sport aerodromida erkin uchar aviamodellar boʻyicha Jahon kubogi va Yevroosiyo kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Turli davlatlardan tashrif buyurgan 120 dan ortiq sportchilar oʻzlari tomonidan yaratilgan samolyot modellari va ularning ochiq osmonda nechogʻlik parvoz qilish imkoniyatlariga ega ekanligini namoyon etdilar.

Bellashuvlarda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining aviamodel sportchilaridan iborat jamoasi yuqori natijalarga erishib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Qizgʻin va shiddatli kechgan bahslar yurtdoshlarimiz uchun quyidagi natijalar bilan yakunlandi:

— Jahon kubogida Vadim Vasilev (Toshkent sh.) F-2-B-sinfida 1-oʻrin;

— Yevroosiyo kubogida Shamsiddin Boboуev (Toshkent v.) F-1-A-sinfida 2-oʻrin;

— Jahon kubogida Aleksey Bundin (Toshkent v.) F-1-A-sinfida 2-oʻrin;

— Jahon kubogida Alisher Mirzayev (Fargʻona v.) F-1-B-sinfida 3-oʻrin;

— Jahon kubogida Valeriy Vardanyan (Fargʻona v.) F-1-S-sinfida 3-oʻrin;

— Yevroosiyo kubogida Shavkat Ismatillayev (Toshkent sh.) F-1-B-sinfida 3-oʻrin.

Har ikkala – Jahon kubogi va Yevroosiyo kubogi musobaqalarida sportchilarimiz jamoa hisobidan ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

“Vatanparvar” tashkiloti jamoasi ushbu nufuzli musobaqalardan 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan qaytgan sportchilarini qutlaydi.

Eslatib oʻtamiz, “Vatanparvar” tashkiloti bir qator xalqaro sport tashkilotlari, jumladan, Xalqaro aeronavtika federatsiyasi (FAI)ning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?