“Vatanparvar” tashkiloti sportchilari “Baykonur Kubogi – 2022” gʻoliblikka erishdi
Foto: “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati
Joriy yilning 16-23-sentyabr kunlari Qozogʻiston Respublikasining Baykonur shahrida raketamodel sporti boʻyicha “Baykonur Kubogi – 2022” xalqaro sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Belarus terma jamoalaridan 200 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportchilaridan iborat milliy terma jamoa mamlakatimiz shaʼnini munosib himoya qildi. Shiddatli va murosasiz kechgan ushbu bellashuvda sportchilar oʻzlari tomonidan yaratilgan raketa modellari va ularning ochiq osmonda nechogʻlik parvoz qilish imkoniyatlariga ega ekanligini namoyon etdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, musobaqa yakunida umumjamoa hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, nafaqat hamyurtlarimizning, balki tadbirni qiziqish bilan kuzatib borgan butun dunyo raketamodel sporti ixlosmandlari olqishlariga sazovor boʻldi.
Shuningdek, yakkalik bahslarida “Vatanparvar” tashkiloti sportchilaridan Najmiddin Zaylidinov oltin va bronza, Farhod Bakiyev oltin, Hayotbek Qurbonaliyev kumush, Firdavs Gulmurodov kumush, Samandar Soqiyev bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, “Vatanparvar” tashkiloti bir qator xalqaro sport tashkilotlari, jumladan, Xalqaro aeronavtika federatsiyasi (FAI)ning toʻla huquqli aʼzosi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring