Valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.N. jami 4 000 AQSH dollarini fuqaro M.A.ga 45,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlagan.
Xuddi shunday, Departamentning Marhamat tuman boʻlimi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.M. jami 3 500 AQSH dollarini fuqaro D.A.ga 40 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 5 200 AQSH dollari, 4 000 Rossiya rubli va 2 250 Qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahrida oʻtkazilgan tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Gʻ.N. jami 3 500 AQSH dollarini fuqaro G.M.ga 40 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring