“Uzbekistan Airways” aviachiptalarga 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi

20:54 16 Avgust 2021 Jamiyat
1578 0

Arxiv surat

“Uzbekistan Airways” Mustaqillik bayramiga munosabati bilan joriy yilning 1-sentyabrdan 5-sentyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30% dan 50% gacha chegirmalarni eʼlon qildi.

Maxsus chegirmalar barcha aviachiptalarga amal qilib, faqat quyidagi shaxslarga taqdim etiladi;

• Yakka tartibdagi yoʻlovchilar 30%;

• Turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), oʻquvchilar, kollej, litsey, OTM talabalari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va tinglovchilari va boshqa idoralar uchun 40%;

• Oilalar uchun 50% (2 va undan ortiq, yaʼni: er va xotin hamda ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari);

• Pensionerlar uchun 50%;

• Nogironligi bor shaxslarga 50%;

• 1941-1945-yillar urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 50%;

• 1941-1945-yillarda urush frontida koʻrsatgan fidokor mehnati va urush maydonida benuqson harbiy xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun 50%;

• Chernobil AES halokati oqibatlarini oldini olishda ishtirok etgan ishtirok chilar uchun 50%.

Yuqorida koʻrsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga toʻlmagan bolalarga amal qilmaydi. 2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga chegirmalardan faqatgina 1 tasini qoʻllash mumkin. Chegirmalarni boshqa chegirmalar bilan qoʻllash mumkin emas. Yoʻlovchilar aviachipta xarid qilayotganlarida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер