“UzAuto Motors”, “Toshkent traktor zavodi”, “Yoʻlqurilish” kabi 29 ta kompaniya sotuvga qoʻyiladi
Prezidentning tegishli qarori asosida 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning aksiyalari xalqaro va mahalliy bozorlarda ommaviy savdoga qoʻyiladi.
Ushbu qaror davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni xususiylashtirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan.
Bunda «Universal Mobile Systems» МЧЖ – 100 фоиз, «UzAuto Motors» АЖ – 99,7 фоиз, «UzAuto Motors Powertrain» АЖ – 100 фоиз, «Ўзбекинвест ЭИСК» АЖ – 75,24 фоиз, «Ўзагросуғурта» АЖ – 99,35 фоиз, «Uzbekistan GTL» МЧЖ – 100 фоиз, «Ўзбекгидроэнергоқурилиш» АЖ – 96,7 фоиз, «Трансгазмахсусқурилиш» АЖ – 77,6 фоиз, «Махсусэнергогаз» АЖ – 41 фоиз, Тўрақўрғон, Янгиангрен, Ангрен, Сирдарё, Тошкент, Навоий, Тахиатош, Муборак ва Фарғона ИЭСлари – 100 фоиз, «Технопарк» МЧЖ – 100 фоиз, «Uzbek Leasing International» АЖ – 45,5 фоиз, «Ўзагролизинг» АК – 97,5 фоиз, «Тошкент трактор заводи» МЧЖ – 100 фоиз, «Шеробод цемент заводи» МЧЖ – 100 фоиз, «Йўлқурилиш» АЖ – 100 фоиз, «Ўзсувқурилиш» АЖ – 100 фоиз, «Шарғункўмир» АЖ – 99,93 фоиз, «Ўзметкомбинат» АЖ – 91 фоиз, «Навоийазот» АЖ – 75 foiz ommaviy savdoga chiqariladi.
Bundan tashqari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-dekabrga qadar 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring