Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi
Foto: Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Oʻzbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, shubhasiz, Usmon Nosirdir. Usmon Nosir - oʻzbek Lermontovi, oʻzbek adabiyotining chaqmoq shoiri.
U atigi 32 yil umr koʻrgan boʻlsada, oʻzbek sheʼriyatiga ulkan meros qoldirishga ulgurdi.
Otashin qalb shoir Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini nishonlash esa, shoir va uning oʻchmas ijodiga boʻlgan hurmat va ehtiromning belgisidir.
Joriy yilning 15-dekabr kuni Oʻzbek Milliy akademik teatrida Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi boʻlib oʻtdi.
Kechada taniqli adiblar, ilm-fan, madaniyat, sanʼat namoyandalari, ijodkorlar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid kirish soʻzi bilan boshlab, davlat rahbarining “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori oʻzbek adabiy muhitida, shoir xotirasini abadiylashtirishda, u qoldirgan adabiy merosni yosh avlodga chuqur oʻrgatishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Qolaversa, shoirning “Tanlangan asarlar”i toʻplami hamda “Usmon Nosir zamondoshlari xotirasida” kitobi nashr etilganini aytib oʻtdi.
Tadbir davomida kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan “Usmon Nosir” hujjatli filmi namoyish qilindi. Shuningdek, Kecha soʻngida Oʻzbek Milliy akademik drama teatri ijodiy guruhi tomonidan “Usmon Nosir” spektakli namoyish qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring