Uoll-stritdagilar Oʻzbekistonga keladi
Yaqinda Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida Uoll-stritdagi Amerikaning yetakchi korporatsiyalari, fond va banklari vakillari bilan kengaytirilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Lazard Asset Management, GoldenTree Asset Management, Morgan Stanley Investment management, Eaton Vance Corp, Callaway Capital Management, VanEck, HIMCO, Jyske Capital, Oppenheimer, TIAA kabi 30dan ortiq yirik kompaniyalardan 50dan ziyod vakil ishtirok etdi. Eʼtiborlisi, ularning aktivlari hajmi jami boʻlib 100 mlrd. dollardan oshib ketadi.
Muloqot yakunida yaqin kunlar ichida Uoll-stritdagi bir nechta investitsiya korporatsiyalari mutasaddilarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi. Ular kelgusida sarmoya ajratish maqsadida mahalliy bozorni oʻrganishadi.
Forum davomida Shveysariyaning Vontobel banki portfeli menejeri Sergey Goncharov Oʻzbekistonda hayotning barcha sohalarida olib borilayotgan tub oʻzgarishlar salohiyatli investorlarga ham maʼqul kelib, ularga ishonch bagʻishlayotganini taʼkidladi.
Oppenheimer Co.Inc. bankining tahlil va suveren bozorlarni tadqiq qilish boʻyicha boshqaruvchi direktori Natali Marshik esa Oʻzbekistonning jahon moliya bozoriga ochilayotganini muhim deb atadi. Xususan, u respublika rahbariyatining suveren yevroobligatsiyalarni joylashtirish, neft-gaz, qishloq xoʻjaligi, energetika sektorlarini isloh qilish, qolaversa, moliya sohasini liberallashtirish borasidagi saʼy-harakatlarini alohida eʼtirof etdi.
“Uoll-strit islohotlarning ushbu yoʻnalishi kelajakda ham saqlanib qolishiga umid bildiradi”, - degan u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring