UNWTOning Bosh Assambleyasi yubiley sessiyasini Samarqandda yuqori saviyada oʻtkazish masallari muhokama etildi
Xabaringiz bor, joriy yilning16-20-oktyabr kunlari Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning Bosh Assambleyasi 25-yubiley sessiyasi Samarqandda oʻtkaziladi.
Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni ikki tomonlama muhokama etish maqsadida Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi shu kunlarda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning Madrid shahridagi qarorgohida boʻlib turibdi.
Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba BMT oilasiga kiruvchi xalqaro tashkilot Bosh assambleyasini qabul qilish yoʻlida yana bir muhim qadam tashlamoqda.
Shubhasiz, Bosh Assambleya nafaqat Oʻzbekistonning boy madaniyati, turizm salohiyati, investitsion jozibadorligini jahon hamjamiyatiga keng namoyish etadi va balki xalqaro turizm industriyasi uchun yangi davrni ochib beruvchi tadbirga aylanadi.
Shuningdek, mazkur uchrashuvda UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili, Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov hamda “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti rektori Aziz Abduhakimov Samarqand shahrida UNWTO Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish yuzasidan memorandum imzoladilar.
Aslida bu tashabbus xususida Davlatimiz rahbari va tashkilot bosh kotibi oʻrtasida kechgan uchrashuvda ilgari surilgan va yurtboshimiz tomonidan qoʻllab -quvvatlangan edi.
Taʼkidlash kerakki, Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasining tashkil etilishi UNWTO va Oʻzbekiston oʻrtasidagi 30 yillik hamkorlikni yanada mustahkamlab, turizm sohasida xalqaro miqyosdagi mutaxassislarni tayyorlash imkonini yaratadi.
Eng muhimi, xorij tajribasini puxta oʻrganib, boyitib, amaliyotga tatbiq etish uchun xalqaro maydon yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring