Umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro sertifikatlar roʻyxati kengaytirildi
Umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro sertifikatlar roʻyxati kengaytirildi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy hamda xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hukumat qarori imzolangan.
Ushbu qaror besh bobdan iborat boʻlib, 4-bobida quyidagi yangi xalqaro sertifikatlar kiritilgan:
- IC3 Digital Literacy Certification (Informatika fani) — 700 va undan yuqori ball;
- A-Level (kimyo fani) — B daraja;
- A-Level (biologiya fani) — B daraja.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, oʻqituvchilar uchun B2 darajali sertifikat majburiy boʻlishi hadma ayrim TESOL va TEFL sertifikatlari endilikda imtiyoz taqdim etmasligi haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring