Umraga bormoqchi boʻlgan 2 ming 558 kishi aldangan — Raqobat qoʻmitasi ogohlantirish bilan chiqdi

12:24 07 Aprel 2025 Jamiyat
109 0

Raqobat qoʻmitasi internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali “Umra” safarlariga yuborish uchun tegishli litsenziya va ruxsatnomasi mavjud boʻlmagan turoperatorlarining arzon narxda sotish takliflari asosida reklamalar qilinayotgani kabi holatlar uchrab turganini maʼlum qildi.

Unga koʻra, “Umra” ziyoratchilariga eng katta miqdordagi zararni “Panorama Airways” va “Gulbakhor Airways” firmalari yetkazgan. Maʼlumotlarga koʻra, mazkur firmalar yetkazgan zararning umumiy miqdori 25 milliard soʻmni tashkil qilgan. Ushbu firmalarga aldanib qolgan jabrlanuvchilar soni esa 2 ming 558 nafarni tashkil etgan.

Shu kabi yana bir firibgarlik holati, Surxondaryo viloyati “Bilolbek travel” MCHJ Jarqoʻrgʻon tumani va Boysun tuman filiallarida ham qayd etilgan.

Surxondaryo viloyati “Bilolbek travel” MCHJ Jarqoʻrgʻon tumani filiali xodimi N.J. tegishli ruxsatnomasiz «Umra« ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, fuqaro M.A.ning 14 million 900 ming soʻm miqdoridagi pulini aldov yoʻli bilan olgan.

Shuningdek, mazkur MCHJning Boysun tuman filiali mutaxassisi A.S. ham ziyorat uchun fuqaro X.M.ning ishonchiga kirib, 2 ming 200 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Taʼkidlanishicha, yuqoridagi holatlar boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrganish oʻtkazilib, fuqarolarni aldov yoʻli bilan ishonchiga kirib, pullarini oʻzlashtirayotgan, oʻzlarini esa xorijda sarson boʻlishiga sabab boʻlayotgan sayyohlik firmalari va turoperatorlariga nisbatan tegishli choralar koʻrilgan.

“Hurmatli fuqarolar, «Umra” tadbirlarni amalga oshirishda firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh boʻlish va keyinchalik turli koʻngilsiz holatlarga tushib qolmaslik maqsadida xavfsiz, ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan hamda tegishli litsenziyaga ega boʻlgan turoperatorlar xizmatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Notoʻgʻri, ishonchsiz va shubhali reklama axborotlari berilgan holatlar kuzatilsa yoki bunday axborot tufayli zarar koʻrgan taqdiringizda Raqobat qoʻmitasining yagona ishonch raqami 1159 ga murojaat qilishingizni soʻraymiz», — deyiladi qoʻmita ogohlantirish xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер