“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtirilmoqda

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Keyingi yillarda fuqarolarning “Umra” ziyoratiga borib kelishida turli muammolarga duch kelish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, turizm faoliyati bilan shugʻullanayotgan ayrim tadbirkorlar “Umra” safariga ketish haqidagi reklamalarda berilayotgan vaʼdalarini bajarmayotgani, manzilga yetib borganda mehmonxonalar bilan bogʻliq muammolar mavjudligi, koʻp hollarda esa ziyoratchilar borish-kelishda samolyot reyslarining belgilangan sanadan kechikishi kabi holatlarni misol qilib keltirish mumkin.
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan muhokama qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bu kabi muammolarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Mazkur Qonun ziyoratchilar “Umra” amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, xorijda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha yangi litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda. Bunda ushbu litsenziya Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi tomonidan berilishi hamda ushbu litsenziyani olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida davlat boji belgilanmoqda.
Mazkur Qonun bilan amalga oshirilishi uchun ruxsat va tegishli hujjatlarni talab etadigan faoliyat turlari qatoriga Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirganlik uchun ham ruxsatnoma olish qoʻshimcha sifatida kiritilmoqda.
Bundan tashqari, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar qatoriga qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Endilikda “Umra” tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarida jarimaga sabab boʻladi.
Senatorlarning fikricha, Qonunning qabul qilinishi yurtdoshlarimizning eng muqaddas amallarini emin-erkin va xavfsiz bajarishiga, bu borada huquq va erkinliklarining kafolatlanishiga, turli firibgarliklarning oldi olinishiga, eng muhimi mazkur jarayonda har bir fuqaro davlat himoyasida boʻlishiga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring