Ummonda tutqunlikda saqlangan ayol farzandlari bilan Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Ummonda xorijlik fuqaro bilan sharʼiy nikoh asosida yashagan va uning uyida tutqunlikda saqlangan oʻzbekistonlik ayol hamda uning farzandlari vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ummonda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqaro I.S. Oʻzbekiston elchixonasiga murojaat qilib, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Oʻzbekistonga qaytishida yordam soʻragan.
Maʼlum boʻlishicha, u 2019-yildan buyon Ummonning Al-Buraymi shahrida asli kelib chiqishi eronlik boʻlgan, lekin hech bir davlat fuqaroligiga ega boʻlmagan Ali ismli shaxs bilan sharʼiy nikoh asosida birga yashab kelgan. I.S. sharʼiy eridan 2020-yilda va 2022-yilda farzandlarni dunyoga keltirgan. Oila boshligʻining hech qanday hujjatga ega emasligi va qonuniy nikoh shartnomasining yoʻqligi sababli bolalarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalarni rasmiylashtirish ham yillar davomida ortga surilib kelgan.
Shuningdek, oiladagi kelishmovchilik, erkakning farzandlarga nisbatan tez-tez kuch ishlatish holatlari va ularni Al-Buraymi shahridagi xonadonda tutqunlikda saqlash holatlari ayolni Oʻzbekiston elchixonasiga yordam soʻrab, ariza yozishga undagan.
Arizada qayd etilgan holatlar batafsil oʻrganilganidan soʻng, joriy yilning 19-may kuni elchixona xodimlari Al-Buraymi shahridagi I.S. ushlab turilgan xonadonga tashrif buyurgan. Diplomatlar koʻmagida ona va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi Maskat shahriga olib borilgan hamda vaqtincha yashash uchun joy bilan taʼminlangan.
Shundan soʻng, elchixona konsullik boʻlimi tomonidan Ummon tegishli davlat idoralariga murojaatlar qilinib, I.S.ning voyaga yetmagan farzandlariga tugʻilganlik haqidagi va mamlakatga qaytish uchun guvohnomalar rasmiylashtirilgan.
Mazkur oila 18-iyun kuni Maskat shahridagi xalqaro aeroportdan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring