Umid qilamanki, vatan tarixi va madaniyatiga muhabbat haqida filmlarimiz koʻpayadi — Saida Mirziyoyeva

16:09 17 May 2024 Siyosat
286 0

Shu yilning 16-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida milliy estrada asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva tadbir tafsilotlariga toʻxtalib oʻtdi.

“Tadbirdan soʻng Milliy estrada sanʼati instituti hamda Kino saroyiga tashrif uyushtirildi. Davlat rahbari vatanimiz tarixi va madaniyatiga muhabbat, buyuk Oʻzbekistonimiz, uning anʼanalaridan faxrlanish tuygʻularini uygʻotadigan filmlarni suratga olish muhim ekanini taʼkidladilar.

Umid qilamanki, yaqin kelajakda aynan shunday filmlar ekran yuzini koʻradi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?