Umid qilamanki, qurʼa natijalari oʻzbekistonliklarni xursand qiladi - Fabio Kannavaro
Bugun, 5-dekabr kuni oʻz tarixida ilk bor Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi mundial guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oladi. Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga qurʼa tashlash marosimi start oladi.
Mazkur ahamiyatli tadbirda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, MOQ va OʻFA rahbariyati, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, mutaxassislar hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan oʻzbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov AQShga yetib borgan.
Milliy jamoa ustozi Fabio Kannavaro qurʼadan oldin oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi:
“Albatta, qurʼa oldidan hammamiz biroz hayajondamiz. Bizga qaysi jamoalar raqib boʻlishini kutyapmiz. Hozircha guruhimizga kimlar tushishini aytish qiyin. Umid qilamanki, qurʼa natijalari biz uchun ham, butun Oʻzbekiston muxlislari uchun ham qulay boʻladi”, dedi u.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi qurʼada 3-savatchadan oʻrin olgan. Marosim tafsilotlariga oid xabarlar OʻFA rasmiy sahifalarida taqdim etib boriladi. Tadbirni Futbol TV telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring