Ukrainaning magʻlubiyatga uchrash xavfi bor. Trampning rejasi hammasini hal qiladi (mi?)
Uchinchi qonli yilini yakunlayotgan Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bostirib kirishi keskin burilish nuqtasiga yaqin keldi. Ukraina har jihatdan kuchli yoʻqotishlarga uchramoqda. Bu haqida “The Washington Post” xabar berdi.
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp prezidentlik lavozimga kirishgach urushni tezda tugatishga vaʼda bergan edi. Tramp oʻzining bayonotlarida Ukraina uchun yordamni qisqartirishni, lekin butunlay chiqib ketmasligini maʼlum qilgan. Urushni tugatish rejasining aniq tafsilotlari haqida gapirmagan.
Taxminlarga koʻra, front chizigʻida oʻt ochishni toʻxtatish, Yevropa qoʻshinlarini tinchlikparvar sifatida joylashtirish va Ukraina NATOga aʼzo boʻlishini 20-yilga muzlatib qoʻyish Trampning urushni toʻxtatish rejasidan joy olish ehtimoli yuqori. Trampning rejasi yuqoridagi taxminlar kabi koʻrinish olsa bu Ukraina magʻlubiyatini kafolatlash hamda Rossiyani gʻalaba bilan tabriklashga oʻxshaydi, deyiladi xabarda.
Nashrning maʼlum qilishicha, Bunday qarorlar Rossiya uchun muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin, lekin Ukraina uchun halokatli natijalarni keltirib chiqaradi. Ukraina hududidagi yoʻqotishlar, uylar, maktablar va fabrikalarning vayron boʻlishi hamda urush tufayli vafot etgan insonlarning oila aʼzolari bunday kelishuvga erishish uchun asosiy toʻsiq boʻlishi mumkin.
Maʼlumotlarga koʻra, Rossiya 2022-yil fevral oyida boshlagan toʻliq miqyosli bosqinidan buyon Ukraina hududining deyarli 20 foizini egallay olgan. Yoʻqotilgan hududlarni qaytarib olish uchun Ukraina qoʻshinlari ham faol harakat qilishmoqda.
Ukrainaning mudofaa harakatlari qurol-yarogʻlarning kamligi tufayli sekinlashgan. Gʻarbning ilgʻor qurol tizimlari, shu jumladan qiruvchi samolyotlar, tanklar va uzoq masofaga uchuvchi raketalar, Ukraina uchun muhim ahamiyatga ega. Qurollarni yetkazib berishi esa jangovar holatlar sabab doimiy kechikmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring