Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari mamlakatda NATO qoʻshinlarining mavjudligini oʻz ichiga olishi kerak — “The Wall Street Journal”
Foto: Reuters
AQSHning Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari mamlakatda NATO qoʻshinlarining mavjudligini oʻz ichiga olishi kerak. Bu fikrlarni “The Wall Street Journal” nashri yozdi.
“Ishonchli kafolatlar bir qator Gʻarb mamlakatlaridan kelishi va hech boʻlmaganda Ukrainadagi Gʻarb qoʻshinlarini oʻqitishni oʻz ichiga olishi kerak”, deyiladi nashr chop etgan maqolada.
Shu bilan birga, nashrda taʼkidlanishicha, Ukraina uchun AQSHning hozirgi rejasi “NATO bayrogʻi ostida faoliyat yuritayotgan qoʻshinlarning mamlakatda boʻlishini taqiqlaydi”.
Shu yilning 23-noyabr kuni Jenevada Ukraina va AQSH prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp oʻrtasidagi uchrashuvdan oldin AQSH tinchlik rejasi matni boʻyicha kelishib olish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.
AQSH davlat kotibi Marko Rubio boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi tarkibiga Prezidentning maxsus elchisi Stiv Uitkoff, Armiya kotibi Daniel Driskoll va boshqa rasmiylari kirgan.
Ukraina tomonidan Prezident apparati boshligʻi Andrey Yermak, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov, Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi Kirilo Budanov va boshqalar ishtirok etdi. Munozaralar 26-28 banddan iborat AQSH tinchlik rejasi haqida boʻlib oʻtdi.
Oʻtgan hafta AQSHning “Axios” portali va Oliy Rada deputati Oleksiy Goncharenko Ukraina uchun AQSHning yangi tinchlik rejasining toʻliq matnini nashr etgandi.
Yangi taklifda Ukrainaning NATO aʼzoligidan voz kechishi, yangi chegaralar va bufer zonasini oʻrnatish, Ukraina Qurolli Kuchlariga cheklovlar qoʻyish va muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish koʻzda tutilgan. Rejaga shuningdek, Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari ham kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring