Ukrainadagi front chizigʻida “Birinchi jahon urushi kasalligi” avj oldi
Ukrainadagi front chizigʻida “Birinchi jahon urushi kasalligi” avj oldi. Shifokorlar “gaz gangrenasi” holatlarini qayd etmoqda. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Ukrainada tibbiyot xodimlari noyob va oʻta xavfli infeksiya, ilk bor Birinchi jahon urushida qayd etilgan “gaz gangrenasi”ga chalinish holatlarini qayd etishmoqda. “The Telegraph” nashrining ukrainalik harbiy shifokorlarga tayanib xabar berishicha, “Clostridium perfringens” bakteriyasi keltirib chiqaradigan kasallikning bir nechta tasdiqlangan holatlari allaqachon qayd etilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu infeksiya ifloslangan yaralar orqali paydo boʻladi. Taʼkidlanishicha, Rossiya dronlarining doimiy hujumlari natijasida hududdagi yaradorlarni evakuatsiya qilish bir necha haftaga kechikmoqda. Hududdagi tibbiyot xodimlari jarohatlanganlarga yetarli darajada yordam koʻrsata olmayotganini bildirgan. Tibbiyot punktlari joylashgan bunkerlar va yer osti kasalxonalari steril muolajalar uchun jihozlanmagan va tibbiy karvonlarga qilingan hujumlar tufayli dori-darmonlarni yetkazib berish surunkali ravishda ortga surilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, “gaz gangrenasi” shikastlangan toʻqimalarga hujum qiladi. Bu esa kuchli ogʻriq, shish va teri ostida gaz pufakchalari paydo boʻlishiga olib keladi. Infeksiya zudlik bilan antibiotiklar va koʻpincha oyoq-qoʻllarni amputatsiya qilish yoʻli bilan zararsizlantiriladi. Biroq, ukrainalik shifokorlar vaqt oʻtgani sari antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga duch kelmoqda. Ushbu holat esa virus bilan kasallangan bemorlarni davolashni yanada qiyinlashtiradi. Dori-darmonlar va vaqt yetishmasligi tufayli, omon qolgan koʻplab yaradorlar front chizigʻida vafot etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring