Ukraina Rossiyaga qarshi “ajdarho jangchi”larini maydonga tashladi
Foto: Videodan kadr
Rossiyalik harbiy blogerlar Ukrainaning termit zaryadlari bilan jihozlangan yangi “ajdaho dronlari”dan foydalanayotganini bildirdi. Xabar qilinishicha, Xerson viloyatida qoʻllanilgan bu dronlar oʻzini himoya qilishda qiynalayotgan rus askarlari uchun jiddiy qiyinchiliklar tugʻdirgan. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, alyuminiy va temir aralashmasi boʻlgan termit 4 ming darajadan ortiq Farengeytda qizdiradi. Rossiyalik “Two Majors” blogerining yozishicha, rus qoʻshinlari hozirda dronlardan oʻzlarini himoya qilishning turli usullarini sinab koʻrayotganini bildirgan.
Qayd etilishicha, dronlarning termal tasvirlagichlari juda sezgir, shu sababli ham, rus tomoni termal himoya toʻr va qoplama matolardan foydalanish sinovdan oʻtkazmoqda. Bu vaqtinchalik yechim boʻlib, kuchli issiqlikka nisbatan samarasiz ekanligi aytilyapti.
Ukraina harbiylari ushbu “ajdarho dronlari”ning harakatini aks ettiruvchi videolarni ham eʼlon qilgandi. Bu esa Rossiya kuchlarining xavotirlarini yanada kuchaytirgan. Ushbu dronlarning termit zaryadlari tufayli transport vositalari va harbiy bazalar olov ichida qolishi mumkin. “Bu nafaqat jismoniy halokat, balki qoʻshinlar orasida qoʻrquvni ham keltirib chiqaradi”, deb yozadi nashr.
Razvedka tahlilchilaridan biri Emil Kastexelmining ochiq manbalarga tayanib maʼlum qilishicha, bu dronlar psixologik taʼsir koʻrsatib, rus askarlarini sarosimaga solib qoʻymoqda. Ushbu dronlarning jangovar samaradorligi hali toʻla baholanmagan, ammo ular allaqachon zamonaviy urushga yangi oʻlchov qoʻshdi, deyish mumkin.
Kastexelmi termit dronlari hujumiga uchragan askarlar holatini tasvirlab shunday deydi: “Osmondan olov yogʻadi va askarlar olovni oʻchira olmaydi. Hujumlarning qoʻrquvi va oldindan aytib boʻlmasligi koʻplab askarlarni himoyasiz his qilishiga sabab boʻladi”.
Agar bu dronlar jang maydonida muvaffaqiyat qozonishda davom etsa, Rossiya ham shunga oʻxshash taktikani qoʻllashga harakat qilishi mumkin, degan taxminlar mavjud. Shunga qaramasdan, hozirda urush maydonidagi yangi texnologiyalar haqida toʻla axborot mavjud emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Kotrina Kulbite — Litvaning “Eng yaxshi ayol murabbiyi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring