Ukraina qoʻshinlari Rossiya bosib olgan hududlarni qaytarib oldi
Arxiv foto
Ukraina qurolli kuchlari soʻnggi kunlarda Rossiya qoʻshinlari bosib olgan toʻrtta qishloqni qaytarib olishdi.
Operatsiyalar Donesk va Sumi viloyatlarida boʻlib oʻtib, ushbu hududlarda Ukraina qurolli kuchlar Rossiya armiyasining yozgi hujumlarini toʻxtatishda davom etmoqda. Xususan, ukrain harbiylari Donesk viloyatidagi Yalta va Voskresenka qishloqlarini ozod qilish toʻgʻrisida hisobot berishdi. Tarqalgan videolavhalardan 31-mexanizatsiyalashgan brigada va 505-dengiz piyodalari bataloni jangchilari vayron boʻlgan binolar ustida Ukraina bayroqlarini koʻtarayotganini koʻrish mumkin.
Shuningdek, Nikolayevka qishlogʻi ham qaytarib olingan. U yerda “Rubej” hujum brigadasi rus harbiylarini yashiringan joylardan quvib chiqargan.
Ukraina ommaviy axborot vositalari Sumi viloyatidagi Kondratovka qishlogʻini ozod qilishni alohida muvaffaqiyat, deb atashdi. Ushbu aholi punkti may oyida Rossiya qoʻshinlari tomonidan bosib olingan edi, oʻshandan beri u yer uchun ogʻir janglar boʻlib oʻtgandi.
Shunday boʻlsada frontdagi vaziyat Ukraina qurolli kuchlari uchun qiyin boʻlib qolmoqda. Soʻnggi ikki oy ichida Ukraina 30 dan ortiq aholi punktlarini yoʻqotdi va yil boshidan beri Rossiya 2500 kvadrat kilometr maydonni egallab oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring