Uyi borning tashvishi yoʻq

Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Inson uchun shaxsiy turarjoyning oʻrni juda muhim. Hayotidan rozi boʻlib umrguzaronlik etishida asosiy omillardan sanaladi. Odamlarning uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasidan qoniqish hissi oilaviy baxt-saodatga eltuvchi asosiy omil sanaladi.
Qoraqalpogʻistonda joriy yilning dastlabki oyida yuzlab xonadon sohiblari yangi uylarga koʻchib oʻtishdi. Birgina Qoʻngʻirot tumanining “Jasliq” posyolkasining oʻzida 180 xonadonli yangi koʻp qavatli uylar foydalanishga topshirildi.
— Ushbu posyolkada 36-yildan beri yashaymiz. Uyda yetarli sharoit boʻlmagani uchun qiynalardik, — deydi yangi xonadon egasi Bagʻila Oʻrazbekova. — Hukumat vakillari binoning avariya holatiga kelib qolganini, bizga yangi uy qurib berilishini aytganda ishonmagandik. Mana, biz kutgan kunlar keldi. Eng chekka hududda barcha sharoitlarga ega yangi uylarga koʻchib oʻtganimizdan xursandmiz.
“Jasliq” posyolkasida yashovchi oqsoqollarning biri Serik ogʻa Muxambetaliyevning aytishicha, ovulida 40-yildirki mana shunday yangi uylar qurilmagan ekan. Konlikoʻl tumanidagi “Bostan“ ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi Joldasbay Qoshpanov, Aynazar Toʻreshovlar oilasi ham yaqinda yangi uylarga koʻchib oʻtishdi. Ular uy-joy borasida qilgan murojaatlari ijobiy hal boʻlganidan minnatdor. Orolboʻyining boshqa tumanlarida ham “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ogʻir hududlar toifasiga kiritilgan fuqarolar yigʻinlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, tuproq yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasi yotqizildi. Shuningdek, oʻtgan yilda jami 21 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalar uy-joylarida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi.
Maʼlumot uchun: Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtgan yilda aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi doirasida hududlarda 71 ta koʻp xonali uylar foydalanishga topshirilgan. Qonlikoʻl, Qoraoʻzak, Kegeyli va Ellikqalʼa tumanlaridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 13 ta, uy-joyga talab yuqori boʻlgan boshqa hududlarda 58 ta uy-joylar qurilgan boʻlsa, jami 2 ming 734 xonadon sohiblari uy-joyli boʻlishdi. Mana shu xonadonlarning har biriga 4 nafar aholi yashash uchun koʻchib oʻtgan boʻlsa, 10 mingdan ortiq inson uyli boʻlish tashvishidan xalos boʻlgani quvonarli.
Xalqimiz “Uyi borning tashvishi yoʻq”, deyishadi. Bu uy-joyning inson hayoti uchun qanchalik muhimligini anglatadi. Qoraqalpogʻistonda oʻtgan yilda 10 mingdan ortiq aholi uyli boʻlib, baxtli manzillarda baxtiyor yashamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring