“Uyga qaytish” badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Uyga qaytish” badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.
Namoyishda Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz, hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova va Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev mazkur filmning mazmuni hamda ahamiyati xususida batafsil so‘z yuritdi.
Film uch qizning taqdir taqozosi bilan uchrashib qolishi, tasodifan katta mablag‘ni qo‘lga kiritib, shuning orqasidan turli sarguzashtlarni boshdan kechirishi va oxir-oqibat inson qadr – qimmati pul bilan o‘lchanmasligini tushunib yetishlari haqida hikoya qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring