“Uyda yolgʻiz” filmi suratga olingan uy sotildi
“Uyda yolgʻiz” filmi suratga olingan uy sotuvga qoʻyilganidan yetti oy oʻtib, yangi yil bayrami arafasida oʻz xaridorini topdi. Bu haqida “USA Today” nashri xabar berdi.
Chikagodagi Vinnetka qishlogʻida joylashgan 850 metr kvadrat maydonga ega boʻlgan mazkur uyning bahosi may oyi oxirida 5.25 million dollarga baholangan edi. Uyning yangi egasi kim ekani va uning yakuniy narxi qancha boʻlgani hozircha maʼlum emas.
Yangi yil klassikasi sifatida qaraladigan ushbu uydan 1990-1992-yilda suratga olingan “Uyda yolgʻiz” filmidagi MakKallisterlarning oilaviy uyi sifatida foydalanilgan.
Uy sotuvga qoʻyilgach butun mamlakatning eʼtiborini tortgan. Hatto filmda bosh qahramon Kevin MakKallister rolini ijro etgan Makoley Kalkin intervyularidan birida uyni xarid qilmoqchi ekanini bildirgan. Keyinchalik u maʼlum sabablarga koʻra bu fikridan qaytgan.
Uy ikkita mehmonxona, beshta yotoqxona va oltita yuvinish xonasi, katta qishki bogʻ, basketbol maydonchasi hamda kinozaldan iborat.
Koʻchmas mulk 1921-yilda qurilgan va 9000 kvadrat metrni tashkil qilgan. Hozirda uyning interyer dizayni filmdagi kabi koʻrinishga ega emas. Uyning amaldagi egalari uni 2018-yilda zamonaviy uslubda taʼmirlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring