Uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi eng past hudud qaysi?

10:28 17 Mart 2025 Iqtisodiyot
130 0

Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yil 1-yanvar holatida respublikada aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi yuzasidan maʼlumot berdi.

Unga koʻra, har bir fuqaroga umumiy yashash maydonidan oʻrtacha 18,9 kvadrat metr toʻgʻri kelmoqda. Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,4, 2022-yilga qaraganda esa 0,7 kvadrat metrga koʻp.

Bunda eng yuqori koʻrsatkich 27,4 kvadrat metr bilan Navoiy viloyatida boʻlsa, eng quyi natija 13,4 kvadrat metr bilan Surxondaryo viloyatida qayd etilgan.

Uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi boshqa hududlarda, jumladan, Xorazm viloyatida 24,1, Toshkent shahrida 22,9, Toshkent viloyatida 22, Fargʻonada 20,1, Samarqand viloyatida 20, Sirdaryoda 19,8, Qoraqalpogʻiston R. 17,6, Jizzaxda 17,4, Buxoro 17,2, Namangan 16,6, Qashqadaryo viloyatida 16,4, Andijon viloyatida 15,8 kvadrat metrni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер