UEFA Chempionlar ligasining gʻolibi Istanbulda aniqlanadi

Katta final oldidan Istanbulni kashf qilishga tayyormisiz?
2023-yil 10-iyun kuni Istanbulning Otaturk Olimpiya stadionida boʻlib oʻtadigan, dunyoning eng muhim sport tadbirlaridan biri boʻlgan UEFA Chempionlar Ligasi final oʻyiniga ham sanoqli kunlar qoldi.
Qiziqarli madaniyat va sanʼat hayoti, mazali lazzatlari, tarixiy manzillari, noyob shahar meʼmorchiligi, yorqin tungi hayoti va keng koʻlamli xarid qilish imkoniyatlari bilan Istanbul futbol muxlislariga unutilmas sayohatni vaʼda qilmoqda. Yakuniy oʻyin oldidan dunyoning eng hayratlanarli joylaridan biri boʻlgan ushbu dinamik metropolda bir hafta vaqt oʻtkazishingiz orqali siz Istanbulni barcha tajribalari bilan kashf qilishingiz mumkin.
Chempionlar festivali
UEFA Chempionlar Ligasi finaliga bagʻishlangan Chempionlar festivali 2023-yil 8-11-iyun kunlari Istanbuldagi Yenikapi festivallar maydonida tashkil etiladi. Turkiyaning rasmiy turizm targʻibot platformasi GoTürkiye shu kunning oʻzida ChrisLuno B2B Seaus, Guillaume de Kadebostaniy va Lost Frequensies ishtirokida 2 DJ lar guruhiga mezbonlik qiladi.
Oʻtmishning boy merosi boʻlgan tarixiy binolar
Istanbul oʻzining koʻp madaniyatliligi, oʻziga xosligi va boy tarixini aks ettiruvchi tarixiy obidalari va meʼmorchiligi bilan dunyo boʻylab minglab sayyohlarni oʻziga jalb etadi. Tarix davomida koʻplab sivilizatsiyalarga vatan boʻlgan bu shahar strategik joylashuvi tufayli turli davr va madaniyatlar izlarini aks ettirgan minglab tarixiy binolarga ega. “Tarixiy yarim orol”da shaharning bir qancha mashhur binolari joylashgan.
Istanbul minoralari ham diqqatga sazovor joylardir. Galata minorasi, Istanbul siluetidagi mashhur inshoot, kuzatuv maydonchasidan shaharning ajoyib panoramik manzaralarini taqdim etadi. Boshqa tomondan, Istanbul Bosforining timsoli boʻlgan Qiz qalʼasi tashrif buyuruvchilarga goʻzal Istanbulni butunlay boshqa nuqtai nazardan tomosha qilish imkonini beradi.
Sanʼat va madaniyatning noyob uygʻunligi
Boy tarixiy merosi bilan tanilgan Istanbul, davrning madaniy dinamikasini anʼanalar bilan uygʻunlashtirgan muzeylari, zamonaviy sanʼat galereyalari, madaniyat markazlari, nomdor sanʼatkor va dizaynerlar mehmoni boʻlgan koʻchalari va konsert maydonchalari bblan mashhurdir. Istanbulga tashrif buyurishdan oldin Otaturk madaniyat markazi (AKM) va Santral Istanbul kabi zamonaviy sanʼat markazlarining iyun taqvimlarini tekshiring, turli shou va tadbirlar uchun joy ajrating. Pera muzeyi, Atlas kino muzeyi, Istanbul Modern kabi muzeylarni ziyorat qilib, zamonaviy sanʼat nabzini his qilishingiz mumkin.
Uni kashf qilgan har bir kishini hayratga soluvchi taom madaniyati
Mohir oshpazning dasturxonidagi eng oddiy, ammo eng mazali taomlardan tortib, Istanbul har bir noziktaʼb xoʻranda uchun haqiqiy moʻjizadir. Bu esa Istanbulni dunyoning eng yaxshi gastro-shaharlaridan biriga aylantiradi. Istanbulning asrlar davomida mezbonlik qilgan turli madaniyatlar tomonidan shakllantirilgan maxsus turk oshxonasi bu shaharni ziyorat qilishning asosiy sabablaridan biridir.
Haqiqiy xarid zavqi
Tarixiy bozorlari, hashamatli nomdor butiklari va dizaynerlik doʻkonlari bilan Istanbul tashrif buyuruvchilarga boy xarid tajribasini taqdim etadi. Grand Bazaar va ziravorlar bozori kabi tarixiy xarid qilish majmualariga tashrif buyurib, shaharning qadimiy muhitini his qilishingiz va haqiqiy qoʻlda ishlangan gilamlar, sopolli koshin buyumlar va anʼanaviy hunarmandchilik kabi suvenirlarni xarid qilishingiz mumkin. Shuningdek, Taksim va Nishantashida dunyoga mashhur dizaynerlarning soʻnggi urfdagi takrorlanmas asarlarini xarid qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy raqs sanʼatining yuksak namunasi boʻlmish “Lazgi — Muhabbat va Qalb raqsi” balet spektakli dunyo sahnalarini zabt etishda davom etmoqda
- “United Airlines“ aviakompaniyasi dasturiy taʼminotdagi nosozlik tufayli parvozlarni toʻxtatgani aytilmoqda
- Namangan xalqaro nodavlat universitetining litsenziyasi bekor qilindi
- Xorijiy tilni С1 darajada biladigan oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanadi
- Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi
- Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring