UYEFA Chempionlar ligasi finalini Lissabon yoki Londonga koʻchirishga qaror qilgan — Manba
UYEFA Chempionlar ligasining final bahsini Istanbuldan boshqa shaharga koʻchirilishi mumkin.
Manbaga koʻra, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYEFA) musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvini Lissabon yoki Londonga koʻchirishga qaror qilgan. Yakuniy fikr yaqin bir necha soat ichida eʼlon qilinadi.
Oldinroq Turkiya koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatni ogʻirlashgani bois mamlakatda 29-apreldan 17-maygacha toʻliq karantin joriy qilgan edi. SHU bois Buyuk Britaniya hukumati Turkiyani “qizil roʻyxat”ga kiritgan va bu mamlakatdan qaytgan fuqarolar oʻn kunlik majburiy karantindan oʻtishlari kerak. Chempionlar ligasi finalida esa Angliyaning ikki klubi — «Manchester Siti» va “Chelsi” bahslashadi.
Manbaga koʻra, UYEFA Istanbulga 2023-yilda Turkiya Respublikasi yuz yilligi nishonlanishi munosabati bilan Chempionlar ligasi finalini oʻtkazishni taklif qilishi mumkin.
«Manchester Siti» va “Chelsi” oʻrtasidagi final bahsi 29-may kuni boʻlib oʻtadi.
Oʻyinni Angliyadagi «Uembli» stadionida oʻtkazish varianti taklif qilingan. Bundan tashqari, Angliyaning «Aston Villa» klubi UYEFAga uchrashuvni oʻzining “Villa Park” stadionida oʻtkazish taklifi bilan chiqqan. Biroq, Birmingemdagi stadion UYEFA standartlariga javob bermasligi aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring