Uchqoʻrgʻonda quvvati 18 megavattga teng boʻlgan yangi GESlar kaskadi qurilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida faoliyat koʻrsatayotgan GESlar kaskadining umumiy quvvati 12 megavatt boʻlib, 48 mingta xonadonni uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlab kelayotgan edi. Endilikda Katta Andijon kanalida ham quvvati avvalgidan ikki hissa kuchli uchta gidroelektrostansiya qurilmoqda.
Loyiha qiymati 60 million AQSH dollari boʻlgan navbatdagi GESlar kaskadining umumiy quvvati 18 megavattga teng. Bu qariyb yana 65-70 ming xonadonni elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondiradi, degani.
— Ish boshlaganimizga uch oydan oshdi, — deydi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati Kapital boshqarmasi bosh mutaxassisi Kamron Abdurahimov. — Hozirgi kunda obyektga jalb etilgan 130 ta texnika vositasi va 450 nafardan ziyod ishchi kuchlari yordamida jadal harakat qilinib, zatvorlarni oʻrnatish, akveduk, ikkita dyuker va suv tashlash inshooti qurilmoqda.
Aytish lozimki, kaskadning yillik ishlab chiqarish quvvati loyiha boʻyicha 56,4 million soat, deb belgilangan boʻlib, bu, oʻz navbatida 8,2 million kubometr tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Qoʻshimcha ravishda 800 ta yangi ish oʻrini yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring